10-may kuni Qozog‘istonning bir nechta hududida shamol va chang bo‘ronlari kuchayishi mumkin

ASTANA. Kazinform – “Qazgidromet” RDK sinoptiklari Qozog‘iston hududlarida 10-may kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilishdi.

Фото: Азертадж

Yakshanba kuni mamlakatning barcha hududlarida beqaror ob-havo kutilmoqda. Aksariyat hududlarda momaqaldiroq bo‘ladi, yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Bundan tashqari, shamol kuchayishi kutilmoqda.

Janubi-g‘arb, janub, janubi-sharq va sharqda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublika bo‘ylab tuman tushishi mumkin. Janubda chang bo‘ronlari bo‘ladi.

Qizilo‘rda, Jetisu, Almati, Jambil, Turkiston, Ulitau, Qarag‘andi, Aqto‘be, Aqmola, Pavlodar, Abay va Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarining ayrim qismlarida yuqori yong‘in xavfi saqlanib qolmoqda. Shuningdek, Qizilo‘rda viloyatining sharqida, Abay viloyatining janubi va markazida, Jetisu viloyatining janubi-sharqi va janubida favqulodda yong‘in xavfi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 9-11-may kunlari Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edik.