10-11-oktabr kunlari janubi-g‘arbda, 11-12-oktabr kunlari shimoli-g‘arb va shimolda, 10 va 12-oktabr kunlari sharqda, 12- oktabr kuni janub va janubi-sharqda, 10-oktyabr kuni esa sharqda yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘lishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.
10-oktabr kechasi Sharqiy Qozog‘iston viloyatida kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. 12-oktabr kuni Turkiston viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘ylab kechasi va ertalab tuman tushadi.
Kunduzgi harorat quyidagi darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda:
- mamlakat g‘arbida 22°C dan 27°C gacha;
- shimoli-g‘arbda 17°C dan 25°C gacha;
- shimolda 13°C dan 20°C gacha;
- mamlakat markazida 13°C dan 22°C gacha;
- sharqda 10°C dan 22°C gacha;
- mamlakat janubida Qizilo‘rda viloyatida 23°C dan 28°C gacha,
- Turkiston viloyatida 18°C dan 23°C gacha;
- mamlakat janubi-sharqida o‘rtacha harorat 17 dan 25°C gacha.
Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr kuni Qozog‘istonning oltita shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.