Yaqin kunlarda Qozogʻistonda sovuq ob-havo kuzatiladi

ASTANA. Kazinform — “Qazgidromet” 9-11-aprel kunlari uchun ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

весна, почки, погода, ауа райы, көктем
Фото: Агибай Аяпберегнов / Kazinform

Kelgusi kunlarda Qozogʻistonning aksariyat hududlarida ob-havo oʻzgaruvchan boʻlib, yomgʻir yogʻadi. 

9-aprelda respublikaning shimoli-gʻarbiy, shimoliy va janubi-sharqida, 10-aprelda esa gʻarb, shimol va janubi-sharqda momaqaldiroq boʻlib, kuchli shamol turib, doʻl va yomgʻir yogʻishi kutiladi.

Kechasi mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida, hamda shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, 11-aprel kechasi esa mamlakat sharqida qor yogʻishi va yoʻllarda yaxvonlik hosil boʻlishi mumkin. 

Respublika boʻylab kuchli shamol esishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Shimoliy, shimoli-gʻarbiy, markaziy va sharqiy hududlarda havo haroratining kechasi 0–8 darajadan 0–5 darajagacha, kunduzi 10–23 darajadan 7–15 darajagacha pasayishi kutiladi.

Mamlakatning qolgan hududlarida havo harorati bahorga xos qulay darajada saqlanib qoladi.