Qozog‘istonda 14-16-aprel kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

ASTANA. Kazinform — Shimoliy hududlarda harorat nol darajadan pastga tushadi, janubda esa 18°C ga yetishi kutilmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi "Qazgidromet" RDKga tayanib.

об-ҳаво
Фото: zamin.uz

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning aksariyat hududlari aholisi yaqin kunlarda bulutli ob-havo va yog‘ingarchilikni kutishlari mumkin. Shimoliy hududlarda harorat nol darajadan pastga tushadi, bu esa yomg‘irning qor va yaxvonlikka aylanishiga olib kelishi mumkin.

Mamlakat g‘arbida kuchli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi, 16-aprelda janubda va shimolda 15-16-aprel kunlari kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Qozog‘istonning markaziy qismida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 14-aprelga o‘tar kechasi Qozog‘istonning sharqida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Qozog‘iston bo‘ylab tuman tushadi va kuchli shamol bo‘ladi.

Havo harorati kechasi g‘arbda +2+10°C, kunduzi +10+15°C, shimolda kechasi -2-8°C, kunduzi 0, +7°C, janubda kechasi +3+13°C, kunduzi +8+18°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Qozog‘istonning 4 ta shahrida havo sifati yomonlashishi haqida xabar bergan edik.