"Bahrayn-2025": O‘zbekistonlik sportchilar bugun 10 ta sport turida ishtirok etadi
TASHKENT. Kazinform — Bahraynda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi UzA.
Jumladan, yengil atletikaning 1500 metr masofaga yugurish bahslarida Nazmina Rahimjonova oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Muhammadaziz Nosirov bosqon uloqtirishda, Shahzodbek Xolmurodov esa uch haltab sakrashda kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shodiyona Rahmonova bronza medal bilan taqdirlandi.
Musobaqaning boks bellashuvlarining -75 kg. vazn toifasida Diyorbek Murodilloyev BAA vakili Hossam Muhammadni 5:0 hisobida taslim etdi. MMA bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Kamronbek Qodirov, Ibrohimjon Botirv, Avaz Anvarov, Abdulboriy Abdug‘ofurov chorak final bahslaridani muvaffaqiyatli o‘tdi.
Muaytaychilar orasida Doston Abduvaliyev, Asadbek Turdiboyev, Jasmina Ochilova, Mirjalol Nabiyev ilk janglarini o‘z foydasiga hal etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
23 oktyabr kungi bahslar yakuniga ko‘ra, Xitoy delegatsiyasi 7 ta oltin, 10 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan karvon boshiga aylangan bo‘lsa, 6 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medal jarmargan Tailand va O‘zbekiston delegatsiyasi 2-3 o‘rinlarda bormoqda.
24 oktyabr kungi bahslarining 10 ta – yengil atletika, boks, futzal, MMA, muaytay, ot sporti, triatlon, qo‘l to‘pi, voleybol va velosport sport turlari bo‘yicha bahslarga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida 14 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadi.