22 noyabr kuni Qozog‘istonda qor yog‘adi va yaxvonlik hosil bo‘ladi: sinoptiklar ogohlantirish e’lon qildi

ASTANA. Kazinform – «Qazgidromet» RDK 22 noyabr kuni ob-havo bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

об-ҳаво
Фото: Kazinform

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Astana shahri va o‘n beshta viloyatda tuman tushib, yaxvonlik va izg‘irin bo‘ladi, shamol 15-20 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Astanada yaxvonlik hosil bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushadi.

Aqmola viloyatida tuman tushadi va yaxvonlik hosil bo‘ladi. Kunduzi shamol 15-20 m/s tezlikda esadi.

Qostanay viloyatining g‘arbi va shimolida yaxvonlik hosil bo‘ladi. Tuman tushib, 15-20 m/s tezlikda shamol esadi.

Jetisu viloyatida kechasi va ertalab tog‘li hududlarda tuman tushadi. Sharqda15-20 m/s tezlikda shamol esadi.

Pavlodar viloyatining shimoli va sharqida yaxvonlik hosil bo‘ladi. Tuman tushib, izg‘irin bo‘lishi mumkin.

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida kechasi va ertalab tuman tushadi. Oral shahrida ham tuman tushadi.

Turkiston viloyatining shimoli, g‘arbi va tog‘li hududlarida kechasi va ertalab tuman tushadi.

Atirau viloyatida kechasi va ertalab tuman tushadi.

Aqto‘be viloyatida kechasi va ertalab tuman tushadi.

Qizilo‘rda viloyatining shimoli va markazida kechasi va ertalab tuman tushadi.

Shimoliy Qozog‘iston viloyatida kunduzi yaxvonlik, izg‘irin bo‘ladi. Tuman tushadi va 15-20 m/s tezlikda shamol esadi.

Ulitau viloyatida kechasi yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushadi.

Qarag‘andi viloyatida kechasi va ertalab tuman tushadi. Ba’zi hududlarda yaxvonlik hosil bo‘ladi.

Sharqiy Qozog‘iston viloyatida kechasi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi izg‘irin va yaxvonlik bo‘ladi. Shamol tezligi 15–20 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

Abay viloyatida kechasi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Janubda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Tuman, yaxvonlik va izg‘irin bo‘lishi kutilmoqda.

Jambil viloyatining janubi va tog‘li hududlarida tuman tushadi. Kunduzi shamol tezligi 15–20 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

Сўнгги хабарлар