Qozog‘istonda yaqin uch kunlik ob-havo ma’lumoti

Фото: Фото: Солтан Жексенбеков / Kazinform

ASTANA. Kazinform - Yaqin kunlarda Qozog‘istonning aksariyat hududlarida beqaror ob-havo saqlanib qoladi, deya xabar beradi Kazinform “Qazgidromet” RDKga tayanib.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, Atlantika sikloni respublika hududi bo‘ylab harakatlanib, yomg‘ir va qor yog‘ishiga sabab bo‘ladi. Shimoliy hududlarda esa yomg‘ir, bo‘ron va yer muzlashi kuzatiladi. 19-20-noyabr kunlari mamlakatning faqat janubi-g‘arbiy qismida antitsiklonning sharqqa tomon harakatlanishi bilan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. 
Respublika bo‘ylab kuchli shamol esishi, tuman tushishi kutilmoqda.

"Havo haroratida sezilarli o‘zgarishlar kutilmaydi. Mamlakat sharqida kechasi havo harorati -6 dan -23 darajagacha pasayib, kunduzi esa -2 dan -10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda", - deya xabar beradi "Qazidromet".