Qozog‘istonda harorat +13°C gacha isishi kutilmoqda

Фото: Фото: freepik.com

ASTANA. Kazinform - Sinoptiklar Qozog‘iston uchun dam olish kunlari va kelgusi hafta boshi – 2026-yil 31-yanvar, 1-2-fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini elon qildi, deb xabar beradi Kazinform.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning faqat markaziy va sharqiy qismlarida antitsiklon ta'sirida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda.

"Keyingi uch kun ichida Qozog‘istonning katta qismi atmosfera frontal qismlari ta’sirida bo‘ladi, bu esa beqaror ob-havo olib kelishi kutilmoqda. Mamlakat janubi va janubi-sharqida qor va bo‘ronlar, yomg‘ir va qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston bo‘ylab tuman, shamolning kuchayishi, mamlakatning g‘arbi, janubi va janubi-sharqida esa muzlama hodisalari kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Prognozga ko‘ra, havo harorati pasayishi kutilmoqda:

Shimoliy hududlarda tungi harorat -12 dan -23°C gacha, kunduzgi harorat -8 dan -18°C gacha yetadi.

Markaziy hududlarda tungi harorat -5 dan -17°C gacha, kunduzgi harorat 0 dan -10°C gacha yetadi.

Janubda tungi harorat +6 dan -7°C gacha, kunduzgi harorat +3 dan +13°C gacha yetadi.

Janubi-sharqda tungi harorat 0 dan -10°C gacha, kunduzgi harorat +3 dan +10°C gacha yetadi. Tog‘li hududlarda tungi harorat -12 dan -17°C gacha, kunduzgi harorat -3 dan +2°C gacha yetadi.

"Hududning qolgan qismida haroratda sezilarli o‘zgarishlar kutilmaydi", - deyiladi Qazgidromet xabarida.