Qish ortga chekinmoqda: Qozog‘istonda keskin iliq bo‘lishi kutilmoqda

Фото: Фото: Максат Шагырбаев / Kazinform

ASTANA. Kazinform - Sinoptiklar qozog‘istonliklarga yoqimli xabarni ma'lum qildi — sovuqlar chekinmoqda. Bu haqda «Qazgidromet» RDQ matbuot xizmati taqdim etgan 2026-yil 29, 30 va 31-yanvar kunlariga mo‘ljallangan Qozog‘iston bo‘yicha ob-havo prognozida ma’lum qilingan.

Sinoptiklarning xabariga ko‘ra, yaqin uch sutka davomida Qozog‘iston hududining katta qismi keng antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi, shu sababli ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz kechishi kutilmoqda. 

«Faqat mamlakatning g‘arbiy, janubiy va janubi-sharqiy hududlari atmosfera frontal bo‘linmalari ta'sirida qoladi. U yerlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, qor bo‘roni, muzlamalar kuzatiladi. Turkiston viloyatining tog‘li hududlarida 31-yanvarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston bo‘yicha tuman tushishi, kuchli shamol esishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda. 

Havo haroratiga kelsak, meteorologlar ma'lum qilishicha, respublika bo‘ylab asta-sekin ko‘tariladi va 31-yanvarda kunduzi termometr ko‘rsatkichlari quyidagi darajalarga yetadi: — g‘arb, janub va janubi-sharqda −5…+5°S, — shimoli-g‘arbiy, shimoliy, sharqiy va markaziy hududlarda −2…−10°S.