Bugun Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — «Qazgidromet» RDK ma’lumotlariga ko‘ra, 8 dekabr kuni mamlakatning 15 ta viloyatida bo‘ron, yaxvonlik va tuman bo‘lishi kutilmoqda.
Jetisu viloyatining tog‘li hududlarida yaxvonlik hosil bo‘ladi. Shimol, g‘arb, markaz va tog‘li hududlarda tuman tushishi mumkin.
Turkiston viloyatida kunduzi janubiy va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shimoliy va tog‘li hududlarda yaxvonlik hosil bo‘ladi. Shimol, janub, markaz va tog‘li hududlarda tuman bo‘ladi. Shamol janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbga, tog‘li hududlarda kunduzi 15-20 m/s tezlikda esadi. Chimkentda kunduzi yog‘ingarchilik (asosan yomg‘ir), ba’zan tuman bo‘ladi.
Almati viloyatida 8 dekabr kuni kechqurun tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Ertalab va kunduzi tog‘li hududllarda yaxvonlik hosil bo‘ladi. Shimol, janub va tog‘li hududlarda tuman bo‘ladi. Shamol janubi-sharqdan g‘arbga siljiydi, kunduzi sharqda 15-20 m/s tezlikda esadi.
Aqto‘be viloyatining shimoli va sharqida yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Atirau viloyatining shimoli va sharqida tuman tushadi.
Abay viloyatining g‘arbi, janubi va markaziy hududlarida tuman tushadi.
Qarag‘andi viloyatida qor, bo‘ron va yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin. Shimol, sharq va janubda tuman tushadi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimol, janub va markazida tuman tushadi.
Jambil viloyatida kechasi tog‘li hududlarda qor yog‘adi, kunduzi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi tog‘li hududlarda bo‘ro bo‘ladi. Janub va tog‘li hududlarda yaxvonlik hosil bo‘ladi va tuman tushadi.
Pavlodar viloyatida qor, bo‘ron va yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqdan, g‘arbdan va shimoldan shamol esadi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha.
Ulitau viloyatining shimol, sharq va markazida qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining g‘arb, shimol va janubida tuman tushadi va yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Mang‘istau viloyatining g‘arb, shimoli-sharq va markazida tuman tushadi va yaxvonlik hosil bo‘ladi.
Qizilo‘rda viloyatining shimol, janub va markazida yaxvonlik hosil bo‘lishi va tuman tushishi mumkin.
Astanada qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Qozog‘istonning aksariyat qismida yaxvonlik, bo‘ron va tuman bo‘lishi haqida xabar bergan edik.