9-fevralda Qozog‘istonda ob-havo qanday bo‘ladi
ASTANA. Kazinform — 9-fevralda Qozog‘istonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol esadi.
«Qazgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 9-fevralda atmosfera frontal qismlarining o‘tishi tufayli Qozog‘istonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), bo‘ronlar, yaxvonlik, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutiladi.
Faqat respublikaning sharqida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi mumkin.
G‘arbda, janubda, Almati viloyatining tog‘li hududlarida, Abay viloyatining janubida va markazida, Sharqiy Qozog‘iston viloyatining shimolida, sharqida va markazida, Jetisu viloyatidagi Alako‘l ko‘llari yaqinida, shuningdek, Turkiston viloyatining tog‘ dovonlarida kunduzgi shamol tezligi sekundiga 30 metr va undan yuqoriga yetishi mumkin.