Qozog‘iston Osiyo yoshlar yo‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi
ASTANA. Kazinform – Qozog‘iston terma jamoasi Manama (Bahrayn) shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo yoshlar o‘yinlarida velosport bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonlik sportchilar aralash jamoaviy estafetada yakka tartibdagi vaqt musobaqasi formatida eng yaxshi natijani ko‘rsatdilar.
Birinchi bosqichdan so‘ng, Qozog‘iston terma jamoasi vaqt bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Biroq, so‘nggi bosqichda sportchilar tezlikni oshirib, birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoa tarkibida Kirill Polishev, Danil Tret'yakov, Rinat Yerik, Irina Ivanovskaya, Valeriya Kuznesova va Anel' Tashbay bor.
Dastlabki protokolga ko‘ra, Eron jamoasi kumush, Taybey jamoasi esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Keyinchalik protokol qayta ko‘rib chiqildi va Eron jamoasi musobaqani yakunlamagan deb qayd etildi. Shu munosabat bilan Taybey ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va Xitoy jamoasi kuchli uchlikka kirdi.
Bu g‘alaba - Qozog‘iston terma jamoasi uchun ushbu Osiyo o‘yinlaridagi birinchi oltin medaldir.